Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi

"Tolibon"* Afg‘oniston shimolida chegara nazorat punktlari va yirik ma’muriy markazlarni egallab olib, Tojikiston va O‘zbekistonga tahdid solmoqda - Shoygu.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Afg‘onistonning Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarasini “Tolibon”* nazorat qilmoqda, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi davtlarlari terrorchilarning ehtimoliy chegaradan o‘tishiga tayyor bo‘lishlari kerak, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
“O‘zbekiston va Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi “Tolibon”* nazorati ostiga o‘tgani ham biz uchun muhimdir. Afg‘oniston tomonidan oldin ham xavf tug‘diruvchi omillar – narkotraffik, terrorchilarning Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali bizning davlatga kirib kelishi va boshqa xavflar kamaygani yo‘q”, - dedi Rossiya mudofaa vazir yoshlar forumida.
Shoygu aytishiga ko‘ra, KXShTdagi hamkorlar bunday xavflarga tayyor turishi kerak. “O‘zbekiston va Tojikistonning Qurolli kuchlari, “Tolibon”* tomonidan berilayotgan va’dalarga qaramasdan, turli fitnalarga tayyor turishi kerak. Biz ham buning uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz”, - dedi vazir.
Shoygu shuningdek, Rossiyaning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari haqida va harbiy kadrlar tayyorlash haqida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning aksariyat ofitserlari bizning oliy o‘quv yurtlarimizda ta’lim olmoqda. Biz shuningdek Tojikiston va Qirg‘iziston armiyasini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqdamiz”, - dedi mudofaa vaziri.
Sergey Shoygu aytishiga ko‘ra, yaqinda Rossiya-O‘zbekiston hamda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston maxsu bo‘linmalari ishtirokida Afg‘oniston chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tgan harbiy o‘quv-mashqlar qo‘shinlar tayyorligini tekshirish va “bo‘sh joylarni” aniqlash imkonini berdi.
Sergey Shoygu Sherali Mirzo bilan Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha kun davomida “Tolibon”* Afg‘oniston shimolida beshta yirik ma’muriy markazlarni egallab oldi, jumladan Qunduz shahrini ham. Rasmiy Qobul hozircha ushbu xabarlarni tasdiqlagani yo‘q.
Ushbu yilning may oyida AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganidan so‘ng Afg‘onistonda vaziyat keskin o‘zgardi. Ayni vaqtda AQSh o‘z qo‘shinlarning 95 %ini olib chiqib ketganini ma’lum qilmoqda. “Tolibon”* esa bundan foydalanib mamlakatning shimoliy va g‘arbiy qismida muhim chegara punktlarini va yirik hududlar va ma’muriy markazlarni egallab oldi va Afg‘oniston rasmiy hukumatidan iste’foga chiqishni talab qilmoqda.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi harakat