TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tojikistonning "Harb maydon" poligonida O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlandi.
Mashg‘ulotlarning asosiy qismida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin, Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo bevosita ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu uch tomonlama qo‘shma o‘quvlar birinchi marotaba o‘tkazildi.