TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari 65 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“65 kishi o‘rmon yong‘inlari qurboni bo‘ldi, ulardan 28 nafari harbiy xizmatchilar, 37 nafari oddiy aholi. Qurbonlarning aksariyati Tizi-Uzu viloyatidan”, - deya xabar qilgan mamlakat davlat telekanali.
10 avgust kuni Jazoir bosh vaziri Ayman bin Abdurahmon 42 kishi mamlakatning tog‘li hududidagi yong‘inlar qurboni bo‘lganini ma’lum qilgan edi. O‘sha kuni mamlakat Mudofaa vazirligi Tizi-Uzu viloyatida olov qurshab olgan qishloqlardagi yong‘inni o‘chirish va odamlarni qutqarish vaqtida 18 nafar harbiy halok bo‘lganini xabar qildi.