Janjalda qatnashgan migrantlarning Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlash taklif qilindi

Bu taklifni Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoy bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya hududida ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan migrantlarning mamlakatga kirishini umrbod taqiqlash kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoy “Vesti FM” radiosi efirida ma’lum qildi.

“Janjalashishdimi – ertasi kuni samolyotga o‘tqazib, uyiga jo‘natish kerak. Boz ustiga bunday kishilarni Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlangan holda chiqarib yuborish kerak”, - deydi Tolstoy.

U shu tariqa Rossiya davlat ichida xorijliklar anklavi shakllanishining oldini olgan bo‘lishini ta’kidladi.
Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: o‘zbekistonlik migrantlar ishtiroki o‘rganilmoqda
Tolstoy Rossiya shu bilan birga umumiy sovet tarixiga ega mamlakatlar bilan qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi. Migrantlar Rossiyada o‘rnatilgan qonun-qoidalarga rioya qilishlari zarur.
Avvalroq ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan yuzdan ziyod xorijliklar Rossiyadan chiqarib yuborilishi ma’lum bo‘lgan edi. Ular mamlakatga faqat 40-yildan so‘ng qayta olishadi.
Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar