“Imkoni bo‘lmagan narsa”: Messi PSJga o‘tdi va parijliklar sharafini himoya qiladi

Bir necha yil faqat "Barselona" tarkibida to‘p surgan jahon futbolining asosiy yulduzi sanalgan Lionel Messi Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubiga o‘tdi.
Sputnik
1 / 15

5 avgust kuni "Barselona" Messi bilan shartnomani yangilay olmadi.

2 / 15

8 avgust kuni futbolchi klub bilan rasman xayrlashdi va ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.

3 / 15

Ispaniyaning yetakchi gazetalari uning ketishini yoritib borishdi.

4 / 15

"Barselona" muxlislari hozirgacha bu haqiqat ekaniga ishongilari kelmayapti.

5 / 15

Ular bir necha "Barselona" klubi oldida tunni bedor o‘tkazishdi va Messi olib qolish yo‘llarini izlashni talab qilishdi.

6 / 15

"PSJ" fursatli qo‘lday boy bermay Messi bilan shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatini ishga soldi.

7 / 15

Barselonadgi "Kamp Nou" stadionida Messi surati olib tashlandi.

8 / 15

Parijlik muxlislarning quvonchi cheksiz bo‘ldi.

9 / 15

Ular Messining Ispaniyadan Parijga uchib kelishi bir necha kun aeroportda kutishdi.

10 / 15

"PSJ" Lionel Messi transferini 10-avgust kuni e’lon qildi

11 / 15

Tomonlar bir yilga uzaytirish bandi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan..

12 / 15

Futbolchi Parijga oilasi bilan ko‘chib keldi

13 / 15

Parijga keliboq, Messi muxlislarga ko‘rinish berdi.

14 / 15

Messi yangi jamoasida yiliga 35 million yevro maosh oladi.

15 / 15

Messi parijliklar safida 30-raqam ostida harakat qiladi. U "Barselona"dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan.

Argentinalik hujumchi Lionel Messi erkin agent sifatida "PSJ"ga o‘tdi. 34 yoshli futbolchi bilan klub bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko‘rsatilgan band ham bor.
Messi Parij klubida 30-raqamda o‘ynaydi. U "Barselona"dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan.
Lionel Messi Ispaniyaning "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-yildan beri klub sharafini himoya qilib kelardi. 2003-yildan esa asosiy jamoada o‘ynashni boshladi. U katalon klubi bilan Ispaniya chempionati (10), Ispaniya Kubogi va Superkubogi (7 tadan), Chempionlar Ligasi (4), Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati (3 martadan) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Messi faoliyati davomida "Barselona"dan boshqa jamoada o‘ynamagan. U "ko‘k-anorranglilar" safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi.
5 avgust kuni "Barselona" Messi bilan shartnomani yangilay olmagani va u endi klubdan ketishini e’lon qildi. 8-avgust kuni futbolchi klub bilan rasman xayrlashdi. La Liganing qat’iy qoidalari va "Barselona"ning 1 milliard yevrodan oshadigan qarzi tufayli Messi bilan shartnoma tuzishning imkonini bermadi. Shu tufayli maosh ikki barobar qisqargan taqdirda ham "Barsa"da Messi bilan shartnomani yangilash imkoni bo‘lmadi.
Shu tariqa, dunyo futbol olamini hayratga solib, Messi ""PSJ"ga o‘tdi va endi uni parijliklar tarkibida harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Bir necha yil avval bunday bo‘lishi hech kimning, ayniqcha "Barsa" muxlislarining hayoliga ham kelmagandi.