Ginsburg: “Sputnik V” bir yil ichida o‘zining sifati va xavfsizligini tasdiqladi

Bundan roppa-rosa bir yil ilgari Rossiya SSV COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Roppa-rosa bir yil avval Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bu davr mobaynida o‘zining sifati va xavfsizligini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novostiga N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu vaqt ichida saraton kasalligiga chalinganlarni emlash uchun bo‘lgan muayan cheklovlar olib tashlangan, vaksina bilan homiladorlar va keksalarni emlashga ruxsat berilgan.
Sobiq SSSR davlatlari birinchi shaxslaridan kimlar "Sputnik V" bilan emlandi?
Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa bir yil ilgari – 2020-yil 11-avgust kuni - Rossiya SSV COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlandi. U insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi uning muhim afzalliklaridir.
Bugungi kunda vaksina dunyoning yetmishga yaqin davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan va aholini emlash uchun foydalanilmoqda. O‘nlab mamlakatlarda uni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, jumladan, O‘zbekistonda uni avgust o‘rtalaridan ishlab chiqarish boshlanadi.