TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonKinematografiya agentligida Turkiyaning “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda o‘zbek va turk kinoijodkorlari “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy serialini suratga olish istiqbollari haqida so‘z yuritdi. Bo‘lajak serialning ilk loyihasi taqdim etildi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar yangi kinoloyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.