Toshkentda yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi

Yoshlar huquqlari anjumanida 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Toshkentda 12-13 avgust kunlari Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining matbuot xizmati.
“Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusida bo‘lib o‘tadigan anjuman gibrid shaklda, ya’ni oflayn va onlayn tarzda o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirdi, - deyilgan xabarda.
Nufuzli forumning ochilishida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi Jayatma Vikramanayake, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YeXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tashkilotlarning rahbarlari so‘zga chiqishi kutilmoqda.