Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “Gazel” “Lacetti” bilan to‘qnashdi

“Gazel” haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek Lacetti’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Gazel" va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 10-avgust kuni soat 07:10 larda Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 38 yoshli Sh.G. boshqaruvidagi “Gazel” va 69 yoshli K.Yu. boshqaruvidagi “Lacetti” o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Toshkentdagi YTHda tez yordam yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi
Natijada “Gazel” ag‘darilib ketgan. Uning haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek, “Lacetti”ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.