TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga MDH mamlakatlaridan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining Rossiyaga importini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tegishli topshiriq Kreml saytida chop qilingan.
Bu Rossiyada mahsulotlar narxini barqarorlashtirish doirasida ko‘rilayotgan choradir.
Bundan tashqari, Putin Monopoliyaga qarshi kurashish federal xizmatiga savdo nuqtalari orqali sotilayotgan oziq-ovqat tovarlarini narxlari shakllanishini monitoring qilish vazifasini topshirgan.