Oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshdi - Markaziy bank

O‘tgan oy davomida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori 0,3 mln. Troya unsiyasi miqdorida oshdi, pul hisobida $1,3 mlrd.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Yil boshidan buyon O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori oshib, birinchi avgustda ularning hajmi 35,1 mlrd. dollarni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Markaziy banki.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, aktivlarning aksariyati 61,3 % - bu otin zaxiralaridir. Xorijiy valyuta miqdori esa umumiy hisobdan 37,5%ni tashkil qiladi. Shuningdek 1% — maxsus qarz huquqlari tashkil qiladi.

O‘tgan oy davomida O‘zbekiston zaxiralarida oltin miqdori 0,3 mln. Troya unsiyasi miqdorida oshib $1,3 mlrd.ni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oydagi ko‘rsatgichlar bundan boshqacha edi. Unda O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2,2 %ga kamayishi kuzatilgan, hamda zaxiralar umumiy hajmi 34,1 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi.