TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Chorvoq suv ombori hududi atrofidagi o‘simliklar himoyaga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Chorvoq suv ombori hududidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘simlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Hujjatga muvofiq:
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish hamda chorva mollarini boqishni ta’qiqlash;
- o‘rmon bilan qoplangan hamda o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarda barcha turdagi qurilish materallaridan bino va inshoatlar qurishni taqiqlash;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Bo‘stonliq tumani hokiligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida investitsiya loyixalari amalga oshirilishida kottejlar qurish amaliyotini cheklab, hududning turistik salohiyatini inobatga olgan holda, jahon standardlariga mos, zamonaviy va ko‘p qavatli mehmonxonalar qurish amaliyonini yo‘lga qo‘yish, bunda hududni ko‘kalamzorlashtirish investitsiya majburiyatlari belgilash;
- 2021-2025 yillarda Chorvoq suv omblori hamda uning atrofidagi ekotizmni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar digradatsiyasining oldini olish hamda cho‘llanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamintal va amaliy tadqiqotalar hamda innovatsion loyixalarni amalga oshirish dasturini tasdiqlash;
- O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘i Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining Pskom va Ugom darolari yuqori qismlari akvatoriyasini Milliy bog‘ning qo‘riqlanma zonasi etib belgilash kabi aniq yo‘nalishlar belgilandi.
bundan tashqari Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida o‘simlik qoplami qisqarishini oldini olishga qaratilagan komples chora tadbirlar dasturi tasdiqlanib unga muvofiq mas’ul tashkilotlarga vazifalar belgilab berildi.