TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi, Mazori Sharif tez orada toliblar qo‘liga o‘tadi. Bu haqda RIA Novostiga “Tolibon”* harakati rasmiy vakili Zabiulla Mujahid ma’lum qildi.
“Vaziyat ularning (hukumatning – tahr.) nazorati ostidan to‘liq chiqdi, kuchlarimiz o‘rtacha tezlikda oldinga siljimoqda, Mazori Sharif ham tez orada taslim bo‘ladi. Shuningdek, biz xotirjamlik bilan qolgan boshqa shaharlarga olg‘a siljishga harakat qilyapmiz”, - dedi Mujahid.
Avvalroq "Tolibon"* AQShni afg‘on mojarosiga aralashmaslikka chaqirgani xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti