TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov O‘zbekiston Olimpiya jamoasini va bokschi Bahodir Jalolovni tabrikladi hamda Tokio-2020 XXII Olimpiya o‘yinlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Bizning sportchimiz nima bo‘lishidan qat’iy nazar oxirigacha kurashish kerakligini butun dunyoga isbotladi! Bahodirni, olimpiadachilarni va barcha muxlislarni tabriklayman!”, - deb yozgan o‘zining telegramdagi sahifasida Umarov.
Otabek Umarov xulosasiga ko‘ra, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari turli turli kamchilik, kutilmagan hodisalarga boy bo‘lgan, lekin shu bilan birga ushbu O‘yinlarda ibrat olsa bo‘ladigan holatlar ham ko‘p bo‘lgan.
“Tokio Olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Kimdir bu O‘yinlarni munozarali, kimdir g‘alvali deb atadi, yana kimdirlar esa teletranslyatsiyalarning reytingi pasayishiga e’tibor berishdi. Menimcha, har bir mulohazada haqiqat bor, lekin shaxsan men o‘tgan musobaqalarni birinchi navbatda ibratli deb atagan bo‘lardim”, - deb yozadi Umarov.
Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti aytishiga ko‘ra, o‘zaro siyosiy munosabatlar qanday bo‘lmasin sportchilar adolatli munosabatga loyiq. Ushbu Olimpiya o‘yinlari ham buni yana bir bor namoyish qilgan.
“Menimcha, ko‘p mamlakatlar XXXII Olimpiada o‘yinlaridan saboq olishlari kerak. <…> Biz sportni siyosatdan va har qanday begona fitnadan tashqariga chiqarib, Olimpiya tamoyillari g‘alabasi uchun kurashni davom ettirishimiz kerak. Sababi, atletikachilar o‘zlariga nisbatan vijdonli va adolatli munosabatga loyiqdirlar – mavjud vaziyatning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar”, - deb yozgan Umarov.
Shuningdek Umarov O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiya qadriyatlariga sodiq qolgan holda, MDH davlatlari orasida oltin medallar bo‘yicha munosib ikkinchi o‘rinni egallaganini mamnuniyat bilan qayd etgan va Parijda bo‘yib o‘tadigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish boshlashni maslahat berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida uchta oltin va ikkita bronza medal bilan jahon bo‘yicha 32 o‘rinni egallagan. (medallar soni bo‘yicha 42-o‘rin). Yetakchi jamoalar AQSh – 39ta oltin, jami 113ta, Xitoy – 38ta oltin jami 88ta, Yaponiya – 27ta oltin, jami – 58ta, Britaniya – 22ta oltin, jami 65ta, Rossiya – 20ta oltin, jami 71ta.