Rossiyada emlanmagan talabalarni masofaviy ta’limga o‘tkazish tavsiya qilindi

Shuningdek, Rossiya OTMlariga sessiyani emlangan va emlanmagan talabalar uchun alohida tashkil etish tavsiya qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi koronavirusga qarshi emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazishni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Vazirlik buni Rossiyaning har bir hududidagi epidemiologik vaziyatni inobatga tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Ta’kidlanishicha, emlanmagan talabalar uchun oliygoh binolariga kelishning alohida rejimi o‘rnatiladi. Emlangan talabalar uchun darslar oliygohda o‘tkaziladi va ularning binoga kirishiga hech qanday cheklov o‘rnatilmaydi.
Bundan tashqari, Rossiya vazirligi OTMlarga sessiyani emlangan va emlanmagan talabalar uchun alohida tashkil etishni tavsiya qilgan.