TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Atabek Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009—2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u 2017—2021 yillarda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan. Oilali, ikki farzandning otasi.
Ta’kidlanishicha, Aqtau shahridagi bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.