TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “juda tez orada” davlat rahbari lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda respublika yetakchisi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Prezident bilan katta suhbat” davomida aytdi.
“Lukashenko qachon ketadi deb fol ochish kerak emas, juda tez orada”, - dedi u.
Shuningdek, Lukashenko hozir u mamlakat prezidenti bo‘lib yetishishi mumkin bo‘lgan 15-20 kishini ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi, chunki ular unga Belarusga sodiqligi bilan o‘xshashadi.