TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ushbu davr meyoridan biroz yuqori bo‘ladi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 12 va 13-avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha pasayadi va iqlimiy meyorga yaqinlashadi.