TOShKENT, 8 avg - Sputnik. 9 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanga qaytib keladi.
"Delegatsiyamiz yetib kelgach, Olimpiyachilarimiz 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko‘chalari va A.Temur xiyoboni bo‘ylab ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi", - deyiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy xabarida.
Qo‘mita barcha o‘zbekistonliklarni, o‘zbek sporti ixlosmandlarini O‘zbekistonning chinakam qahramonlarini qarshi olishga, ularning unutilmas lahzalarida birga bo‘lishga chorlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tokio-2020 natijalariga ko‘ra 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
️O‘zbekiston medallar bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rin; ️Turkiy mamlakatlar orasida 1-o‘rin; MDHda 2-o‘rin; ️Islom mamlakatlari orasida 2-o‘rin; ️Osiyo mamlakatlari ichida 5-o‘rinni, butun dunyo bo‘yicha esa 32-o‘rinni egalladi.