TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘tgan sutka davomida O‘zbekistonda 897 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabarida keltirib o‘tilgan.
2021 yil 7-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 136 635 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Samarqand viloyati (96), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati (97 nafardan); Surxondaryo viloyati (98), Toshkent shahrida (117) aniqlangan.
Kecha kun davomida 929 kishi kasallikdan sog‘ayib, jami sog‘ayganlar 130 111 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 928 nafarni tashkil qildi.