Shu kunlarda Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan “Termiz” poligonida Rossiya va O‘zbekistonlik harbiylarning o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarning dastlabki kunida harbiy-taktik o‘quvlar bo‘lib o‘tdi. Ikkala tomon harbiylari dushman hujumiga javob qaytarish va shartli terrorchilarni yo‘q qilish amallarini bajarishdi.
Mashg‘ulotlardan erkin vaqtda esa sport musobaqalari, futbol volleybol, tosh ko‘tarish va sportning boshqa turlari bo‘yicha ham bellashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek musiqa, ashula va raqs hamda barchaning sevimli taomi - palov uchun ham vaqt topildi.
“Biz o‘rta osiyoliklar mehmondo‘st ekanini oldin ham eshitgan edik, lekin bizni bunchalik ochiq ko‘ngillik, did va sharqona mehmondo‘stlik bilan kutib olishganidan hayratda qoldik”, - dedi Rossiya harbiylari vakili mayor Taras Vasilyev Sputnik muxbiriga.
Harbiy mashg‘ulotlarning so‘nggi kunida yerdagi kuchlarga zarba beruvchi aviatsiya hamda boshqa qo‘shin turlari qo‘shilishadi. Jangovar mashg‘ulotlarda ikki davlatdan 400ga yaqin jangchilar ishtirok etmoqda.