O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida to‘rtinchi medalini qo‘lga kiritdi

Bronza medal uchun 74 kg vaznda bo‘lgan bellashuvda Abduraxmonov Qozog‘istonlik kurashchini mag‘lub qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Kurashchi Bekzod Abdurahmonov Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Bekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg
Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) qozog‘istonlik raqibi - Daniyar Kaysanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ymoqda. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 2 karra JCh sovrindori, 2 karra Osiyo o‘yinlari chempioni Abdurahmonov 5-yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bugun u chiroyli g‘alabasi bilan millionlab muxlislarimizga katta quvonch ulashdi va o‘z sovrinlari orasida Olimpiada medalini ham qo‘shib qo‘ymoqda.
Bekzod Abduraxmonov vo vremya poyedinka za bronzovuyu medal po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 74 kg