Toshkentda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi ochildi

Umida va Polvon Turdialiyevlar oilasi 21-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi tashkil qilindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 4-avgust kuni poytaxtning Yunusobod tumanida ilk marotaba Umida va Polvon Turdialiyevlar oilasi 21-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
“Mazkur Oilaviy bolalar uyi ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Yunusobod tuman hokimligi va boshqa mas’ul vazirlik hamda tashkilotlar mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, Umida Turdialiyeva boshlagan ushbu olijanob ishga muvaffaqiyat tilagan holda, doimo ko‘makdosh bo‘lishlariga hamda oila a’zosiga aylangan ushbu o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdi”, — deyiladi xabarda.
1 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
2 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
3 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
4 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
5 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
6 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
7 / 7
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilinishi va bunga Milliy gvardiya mas’ul etib belgilanishi ta’kidlangan edi.
Namanganning olis hududlarida bog‘chalarning muqobil turi ishga tushirildi