TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston shahriga kiraverishda O‘zbekiston hashamatli masjid qurilmoqda. Yangi loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Bunday diqqatga sazovor joyning qurilishi qo‘shni O‘zbekistonning Turkistonga sovg‘asi bo‘lib, uni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan. Arxitekturasi o‘ziga xos bo‘lgan Islom markazining ichki va tashqi bezaklari sharqona uslubda amalga oshirilgan. Yangi loyiha har tomonlama o‘rganib chiqilgan. Jahonning eng yaxshi tajribalari inobatga olingan”, — deyiladi xabarda.
Yangi masjid 5 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maydoni 20000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjid poydevorini mustahkamlash uchun uning o‘ziga xos texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.