Lukashenko chegaraning “har bir qarichini” yopish bo‘yicha topshiriq berdi

"Bugundan boshlab chegaradosh tomondan Belarus hududiga birorta ham qadam bosilmasligi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Belarus IIV va Mudofaa vazirligi mamlakatning janubiy va g‘arbiy chegaralaridagi qo‘riqlashni uni noqonuniy migrantlar tomonidan kesib o‘tishilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuchaytirishlari kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko harbiylar bilan yig‘ilishda ma’lum qildi, deyiladi davlat rahbari saytida.

“Bugundan boshlab chegaradosh tomondan Belarus hududiga birorta ham qadam bosilmasligi shart, xoh Janubdan yoki G‘arbdan bo‘lsin. Buni qanday bajarishingizni - mana bu yig‘ilishdan keyin, muhokama qilamiz. Davlat kotibi huzurida yig‘ilasiz. Bu yerda IIV vaziri, Mudofaa vaziri bor. Chegaraning har bir qarichini yoping. Biz chegara qo‘shinlari, umuman kuch tuzilmalarimizga behudaga ulkan mablag‘lar kiritmaganmiz”, - dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus xalqi o‘zini tinch his qilishi lozim. Prezident chegaradosh mamlakatlar noqonuniy migrantlarni Belarus hududiga chiqarib yuborishidan xavotir bildirgan.
Belarusdagi so‘z erkinligi ekstremizm tusiga kirdi - zayavil Lukashenko
Avvalroq Belarus Davlat chegara qo‘shinlari qo‘mitasi rasmiy vakili Anton Bichkovskiy RIA Novostiga Litva bilan chegarada og‘ir jismoiy ahvolda bo‘lgan migrant aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Migrant unga birinchi yordam ko‘rsatish chog‘ida vafot etgan. Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etgan shaxs Iroq fuqarosidir. Belarus Tergov qo‘mitasi “Odam o‘ldirish” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.