Cafina Sadullayeva finalga chiqdi

Safina Sadullayeva bir urinishdayoq 1.95 metr balandlikdan o‘ta olishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. 2020 yilgi Olimpiadada ayollar uchun balandlikka sakrash saralashi yakunlandi. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi.
Tokio-2020: Bahodir Jalolov finalga yo‘l oldi
Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi.
Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.
Safina Sa’dullayeva - O‘zbekiston sportchisi, balandlikka sakrash bilan shug‘ullanadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. 2015-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2017-yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibasiga aylangan.