TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida tez tibbiy yordam avtomobili hamda “Nexia” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
YTH 4-avgust kuni soat 13:00 larda tumandagi I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada ro‘y bergan. 42 yoshli “Nexia” haydovchisi B.Sh. va "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobilini boshqarayotgan 47 yoshli haydovchi A.R. to‘qnashib ketgan.
Natijada tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.