TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi.
U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi. Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.
3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.
Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres bo‘ladi. Ular jangi 8-avgust, Olimpiya o‘yinlarining yopilish kunida bo‘lib o‘tadi.