Sportchi Akbar Jo‘rayevning onasiga prezident sovg‘asi topshirildi

Bo‘stonliq tumani hokimi Akbar Jo‘rayevning onasiga prezident sovg‘asini topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Tokio Olimpiadasida 3-avgust kuni oltin medal sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning onasiga prezident sovg‘asi topshirildi.
Sovg‘ani Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi Axmedov Jo‘rabek Ilxomovich topshirdi.
“Chempionimiz yanada yuksak marralarga erishsin. Bunaqa olimpiadalarning ko‘pini ko‘rsin. Ushbu sovg‘a prezidentimiz nomidan shaxsan sizga”, - deb ulkan guldastani sportchining onasiga topshirdi.
Biroz oldin Shavkat Mirziyoyev Olimpiada oltin medali haqidagi xabarni e’lon qilin uchun majlisni to‘xtatib barchani tabriklagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 3-avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn ko‘tarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi o‘rnatgan edi.
Bu O‘zbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi.