BSST koronavirusga qarshi takroriy vaksinatsiyaga moratoriy joriy etishga chaqirmoqda

BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus sentabr oxirigacha koronavirusga qarshi qayta emlashga moratoriy joriy etish kerak, deya bayonot qildi
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik, Yelizaveta Isakova. Sentabr oyining oxirigacha revaksinatsiyaga vaqtinchalik moratoriy joriy etish zarur, deya bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
"Biz obro‘-e’tibordagi har bir kishini, olimpiya sportchilarini, investorlarni, biznes-yetakchilarni, diniy yetakchilarni va ularning oilasi va hamjamiyatidagi har bir alohida kishini emlash bo‘yicha qo‘shimcha dozalarga kamida sentabr oyining oxirigacha moratoriy e’lon qilish haqidagi da’vatimizni qo‘llab -quvvatlashga chaqiramiz", - dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov
BSST ekspertlari bu moratoriyni, ehtimol, butun dunyoda yetarli miqdordagi kishilarni emlash uchun yil oxiriga qadar uzaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin, degan fikrni ham bildirmoqdalar.
Tashkilot berayotgan baholarga ko‘ra, dunyoda COVID-19ga qarshi vaksinalarga nisbatan global tengsizlik yuzaga kelgan. Kambag‘al mamlakatlarda boy mamlakatlarga qaraganda kam odam ancha kam odam to‘laligicha emlangan yoki hech bo‘lmaganda bitta dozani olgan. Boy mamlakatlarda esa vaksina ishlab-chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hukumatlar allaqachon takroriy vaksina haqida gapirishni boshlaganlar.
Ilgariroq, BSST bosh direktori shuningdek, sentabr oyigacha har bir mamlakatda aholining eng kamida 10 foizini emlashga chaqirgan edi.