TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Afg‘oniston AQSh bosimi ostida besh ming nafar asir jangarilarni, shu jumladan "Tolibon"* qo‘mondonini ham ozodlikka chiqardi, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayangan holda.
Nashr suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, Jangarilar, ozodlikka chiqishdan oldin hukumat kuchlariga qarshi ziddiyatlarda ishtirok etmaslik to‘g‘risida kelishuvni imzolagan bo‘lsalarda, ammo ozodlikka chiqqach yana afg‘on armiyasi bilan jangga kirishgan.
1 maydan so‘ng AQSh va NATO Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini chiqara boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat o‘tkir tus oldi.
Bu jarayon 2020-yilda toliblar va AQSh vakillari o‘rtasida imzolangan tinchlik bitimi doirasida ro‘y bermoqda.
Ilgariroq, Sputnik radiosi afg‘on Mudofaa vazirining uyiga qurollangan shaxslar bostirib borgani haqida xabar bergan edi.
Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga seshanba kuni xudkush-terrorchilar hujum uyushtirgan, buni oqibatida sakkiz nafar tinch aholi halok bo‘lgan.
Sal avval esa noma’lum shaxslar Qobulda afg‘on harbiy idorasi rahbari Bismilloh Xon Muhammadiy va parlament quyi palatasi deputati Azim Bag‘loniyning uyiga kirib borishgani haqida xabar berilgan edi.
Portlashlar va o‘qqa tutishlar yuz berganligi aytilgandi.
"Sakkiz nafar tinch aholi o‘ldirilgan, yana 20 nafari, jumladan, Muhammadiyning tan soqchilari jarohatlangan", – degan Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum besh soatga yaqin davom etgan, natijada beshta xudkush-terrorchilar yo‘q qilingan.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.