Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga 750 mln dollardan ziyod ajratishi mumkin

XVJ jahon iqtisodiyotini tiklashga 650 mlrd dollar ajratishi mumkin Kvotaga muvofiq (0,116%) O‘zbekiston 754 million AQSh dollari olishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) jahon iqtisodiyotini tiklashga rekord darajasidagi 650 mlrd dollar ajratishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
“Xalqaro valyuta jamg‘armasi zaxira aktivlari hisobidan 456 milliard SDR (Special Drawing Rights - maxsus qarz olish huquqlari, 650 milliard AQSh dollari) ajratadi. 275 milliard dollar rivojlanayotgan bozorlarga va mamlakatlarga beriladi”, - deyilgan xabarda.
XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu XVJ tarixidagi eng yirik SDR taqsimoti va misli ko‘rilmagan inqiroz davrida global iqtisodiyot uchun yo‘naltirilgan moliyaviy ko‘mak hisoblanadi. SDRning taqsimlanishi barcha a’zo mamlakatlar manfaati uchun xizmat qiladi.
Mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi qaror 23-avgust kuni kuchga kiradi. Mablag‘lar kvotalarga mutanosib ravishda jamg‘armaga a’zo mamlakatlarga o‘tkazib beriladi. Kvotaga muvofiq (0,116%) O‘zbekiston 754 million AQSh dollari olishi mumkin.
Jahon banki O‘zbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
XVF jahon iqtisodiyoti joriy yil 6% va kelgusi yilda 4,9% ga o‘sishini bashorat qilmoqda.