“Xalq banki” tijorat kreditlari berishni vaqtincha to‘xtatdi

Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. "Xalq banki"da tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli to‘xtatildi, ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi.