TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘ldi.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
Shu tariqa u delegatsiya hisobiga oltin medal qatori Olimpiada rekordini ham qo‘shib qo‘ydi.