Buxoroda 16-asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi

“Madaniy meros” agentligi madrasa devorini qayta tiklashni 6 milliard so‘mga baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Buxoro shahrida 16-asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi. Bu haqida rasmiy manbaalarga asosan Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Ushbu vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati hokimligi quyidagilarni ma’lum qilmoqda.
“Haqiqatdan ham, ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi) ta’sirida joriy yilning 30-iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.
Shu bilan birga “Madaniy meros” agentligining viloyat boshqarmasi, shahar hokimligi, restavratorlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzilib, restavratsiya ishlarini tashkil qilish boshlangan.
“Madaniy meros” agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, ma’lumotlarga ko‘ra, Abdullaxon madrasa devorini qayta tiklash xarajatlari 6 milliard so‘mni tashkil qilishi mumkin.
Obrushenie Kosh Medrese v Buxare