Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov

Sputnik
TOShKENT, 2 avg— Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Biroq Asadov davlat rahbari aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga oydinlik kiritmadi.

"Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi: "ZF-UZ VAC2001", "AstraZeneca" va "Sputnik V". Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar", - deya javob berdi u prezident emlanganmi degan savolga.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aholini faolroq emlanishga chaqirgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni kungacha jami 7,6 mlndan ziyod doza vaksinadan foydalanilgan. 1,2 million nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.