Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar ikki davlat bayroqlari ko‘tarilishi hamda harbiy qo‘mondonlar tantanali nutqidan boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari “Termiz” tog‘li poligonida boshlandi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi.
“Surxondaryo viloyatida joylashgan “Termiz” tog‘li poligonida O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma o‘quv mashqlari boshlandi. Tadbik ikki davlat harbylarining birgalikda saf tortishidan boshlandi”, - deyilgan xabarda.
Ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib madhiyalari yangraganidan so‘ng tantanali miting bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Harbiy okrug shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Nikolay Tereshenko va O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Qodir Tursunov harbiy xizmatchilarga jangovar o‘quv mashqlarni bajarishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilishni tilashdi.
Shuningdek qo‘mondonlar birgalikda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashqlar Rossiya va O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirishdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar tantanali qadamlar bilan “Termiz” poligoni plassidan o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining qo‘shma o‘quv mashqlarida Rossiya harbiy kuchlarining 1,5 mingga yaqin askarlari, 300ta qurol-aslaha va harbiy texnika birliklari ishtirok etmoqda. Qo‘shma mashg‘ulotlar besh kun davom etishi rejalashtirilgan.