TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkmanistonga safar qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Juma kuni (6 avgust – tahr.) Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan” - dedi u brifing davomida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6-avgust kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ushbu sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qilgan edi.