TOShKENT, 2 avg — Sputnik. 1 avgust kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun uzoq masofali marsh asosida Tojikistonga yetib borishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbek harbiy xizmatchilarini Tojikiston mudofaa vazirligining mas’ul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.
Voyennie Uzbekistana primut uchastie v ucheniyax s Rossiyey i Tadjikistanom
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar Tojikistondagi “Harb maydon” dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadi.
“Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar o‘tkazishini rejalashtirish hamda qo‘shinlarni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlari 5-avgustdan 10-avgustga qadar o‘tkaziladi. O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin harbiylari ishtirok etadi, 20 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.
Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlarning asosiy bosqichida ishtirokchilar davlat chegarasini kesib o‘tgan shartli noqonuniy qurolli tuzilmani yo‘q qilish uchun taktik harakatlarni ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust oyida Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.