Azizxon Umarxonov Olmazor tumaniga hokim bo‘ldi

U 2020-yildan shu kunga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Yig‘ilishda ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharifxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
Deputatlar Olmazor tuman hokimi lavozimiga Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Umarxonov 2000-yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.
2020 yildan shu kunga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmazor tumani sobiq hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etgani xabar qilingan edi.