Afg‘oniston prezidenti vaziyat yomonlashishini AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi bilan bog‘ladi

Ashraf G‘ani AQSh qarorini hurmat qilishini ma’lum qildi, biroq Afg‘onistondagi xavfsizlikka oid vaziyat shu tufayli yomonlashganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishini Amerika harbiylarining olib chiqib ketilishi bilan bog‘ladi. Bu haqda 1TV News xabar qilmoqda.
G‘ani parlamentdagi chiqishi davomida AQShning qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqidagi qarorini hurmat qilishini ma’lum qildi, biroq Afg‘onistondagi xavfsizlikka oid vaziyat shu tufayli yomonlashganini ta’kidladi.
“So‘nggi uch oy ichida AQShning o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ketish haqidagi qo‘qqisdagi qarori natijasida kutilmagan vaziyatga duchor bo‘ldik, - deya G‘ani so‘zlaridan keltirgan telekanal.