TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining boks dasturida doirasida Bahodir Jalolov hindistonlik raqibi Satish Kumarni yaqqol ustunlik bilan yengdi.
5:0 hisobda raqibini yenggan Jalolov musobaqaning yarim finaliga yo‘l olib, Olimpiada medalini naqd qildi.
Endi Jalolov final yo‘llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark va fransiyalik Murod Aliyev o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.