O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdi

O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘zbek-tojik harbiylari kasbiy faoliyatlari yuzasidan o‘zaro malaka va tajriba almashishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Sharqiy harbiy okrugga qarashli “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydonida 26-30 iyul kunlari O‘zbekiston va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida “Jangovar hamdo‘stlik – 2021” deb nomlangan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
RF harbiylari "Termiz" poligoniga keldi – ilk suratlar
Qo‘shni davlat harbiylari bu mashg‘ulotlarda Tojikiston Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Fathullo Idotullozoda boshchiligidagi ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘zbek-tojik harbiylari kasbiy faoliyatlari yuzasidan o‘zaro malaka va tajriba almashishdi.
30 iyul kuni ikki davlat Qurolli Kuchlari hamkorligida o‘tkazilgan “Jangovar hamdo‘stlik – 2021” maxsus taktik o‘quvining asosiy jarayonlari yakuniga yetdi.