Ertaga Shomurodov "Roma" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda

Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" futbol klubiga o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" futbol klubiga o‘tmoqda.
Yakshanba kuni ertalab Shomurodov tibbiy ko‘rikdan o‘tish va 5-yillik shartnoma tuzish uchun Rimga keladi. Bu haqda mahalliy Corriere dello Sport. nashri xabar berdi.
Shomurodov "Roma"ga o‘tdi
"Roma" da o‘zbek yulduzining maoshi o‘yinlar soni, gollar va jamoaning yutuqlari uchun bonuslarni hisobga olmaganda, 2 million yevroni tashkil qiladi.
"Roma" Eldor Shomurodovni 2,5 million yevroga 17,5 million yevroga sotib olish huquqi bilan, ijaraga oldi. Agar o‘zbekistonlik futbolchi "bo‘rilar" tarkibida ma’lum miqdordagi o‘yin o‘tkazsa, sotib olish majburiy bo‘ladi.
"Jenoa" esa forvardning sotilishidan - 10% oladi. Manbaga ko‘ra, futbol klubi allaqachon Shomurodovga o‘rniga futbolchini topdi - "Atalanta" hujumchisi Sem Lammers katta ehtimol bilan "Jenoa " safida o‘ynaydi.