TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda boshqacha fikrlaydiganlar yoki turli fikrlarga qarshi emas, balki "ekstremistik faoliyat tusiga kirgan so‘z erkinligiga qarshi" kurash olib borilayotgani haqida gapirdi.
Lukashenko bugun, juma kuni mahalliy faollar bilan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning dolzarb masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazmoqda.
"Axborot maydonida tartib o‘rnatish bo‘yicha tizimli ish yakuniga yetmoqda. Bu yerda bir muhim narsani tushunish kerak: biz boshqacha fikrlaydiganlar yoki turli fikrlarga qarshi kurash olib bormayapmiz. Xudo asrasin. Agar turli fikrlarni kesib tashlayveradigan bo‘lsak - davlat tamom bo‘ladi. Shunchaki, bugun biz himoya qilib kelayotgan so‘z erkinligi ekstremistik faoliyat tusiga kirgan", - deya iqtibos keltiradi Lukashenko so‘zlaridan Belta davlat agentligi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatni tanqid qilish boshqa, sababi Minsk "hamisha tanqidni adekvat qabul qilgan". "Qonli to‘qnashuvlarga da’vat qilish va inqilobiy kayfiyatni qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni bir yoqli qilish bilan qo‘rqitish esa mutlaqo boshqa masaladir. Ular soxtalashtirilgan ma’lumotlar, kiberhujumlar va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash orqali muhitni ziddiylashtirish bilan band", - degan Lukashenko.