TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Bekmurod Oltiboyev chorak finalda Olimpiya o‘yinlari chempioni - chexiyalik Lukash Krpalekka yutqazdi.
Endi u bronza uchun ukrainalik Yakiv Xammoga qarshi kurashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:30dan so‘ng boshlanadi.
Bundan avval Oltiboyev qisqa vaqt ichida mo‘g‘ulistonlik va niderlandiyalik raqiblarini ippon evaziga mag‘lub etgandi.