Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda, aholi va turistlar evakuatsiya qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Turkiyada kurort maskani hududlarida uchta yangi o‘rmon yong‘ini qayd etildi, deb xabar beradi CNN Turk telekanali.
Bodrumdagi Guverdjik aholi punkti, Alanyadagi Aydin va Yenikey viloyatida Didim yonmoqda. Qutqaruvchi va o‘t o‘chiruvchilar u yerga kelishdi.
Marmarisda mahalliy aholi va turistlar evakuatsiya qilindi.
Samolyot, 5ta vertolot va 30 yong‘in yuk mashinalari o‘tni o‘chirmoqda.
Shuningdek, Antaliya viloyat Akseki tumani, Mersin provinsiyasi Silifk, Adana provinsiyasidagi Karaisali, Osmanie provinsiyasi Pos va Kayseri provinsiyasidagi Yaxyali hududlarida yong‘in bilan kurashish davom etmoqda.
So‘nggi ikki kun ichida 13ta hududda 41ta o‘rmon yong‘in sodir bo‘ldi, ulardan 31 tasi nazoratga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘ldi, 180 kishi jarohatlandi.