TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Afg‘oniston chegarasi yaqinida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari Qirg‘izistondan Tojikistonga yetib keldi.
Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasidan Su-25 samolyotlari harbiy mashqlarda qatnashish uchun Tojikistondagi “Gissar” aerodromiga yetib keldi. “Harb-Maydon” poligonida 5-10 avgust kunlari mashqlar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlarda Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etadi.
Mashqlar davomida Su-25 ekipaji shartli raqibni yashiringan bazalarni qidirish, nishonlarga raketa-bomba zarbalarini berish, shuningdek, raqibning zenit raketa qo‘chma tizimlari zarbalaridan qochish mashqlarini bajaradi. Bundan tashqari, hujum samolyotlari tog‘li hududda motoo‘qchi, tank bo‘linmalariga havodan himoya vazifalarini bajaradi.
Rossiya harbiy kontingentining asosini 201-harbiy bazaning bo‘linmalari, shu jumladan motoo‘qchi, tank, artilleriya bo‘linmalari, shuningdek maxsus spesnaz guruhlari tashkil qiladi.