Qozog‘istonda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi

Avariya "Samara — Shimkent" yo‘lining 996-kilometri Aqtobe viloyati Karabutak qishlog‘i yaqinidan o‘tgan qismida sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Qozog‘istonda, ichida 8-nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yengil avtomobil avariyaga uchradi, deb xabar qilmoqda, nur.kz nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, avariya "Samara — Shimkent" yo‘lining 996-kilometri Aqtobe viloyati Karabutak qishlog‘i yaqinidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, rulda 36-yoshli Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan va u boshqaruvni eplay olmagani tufayli YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatda haydovchi va O‘zbekiston fuqarolari tan jarohatlari olishgan va ularning barchasi shifoxonaga joylashtirilgan.
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududiga Turkiston viloyatidagi "Jibek Joli" chegara nazorat punkti orqali o‘tib kelishgan va Otirau viloyatiga ishlashga yo‘l olishgan.
Voqea yuzsidan sudgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda.