Islom olami va Rossiya - G‘arb axborot urushlari nishonidir - TIV bayonoti

Rossiya TIV vakilining aytishicha, G‘arb tomonidan yuritilayotgan axborot urushidagi hiyla-nayranglardan biri - G‘arbning dunyo OAVlarini "to‘g‘ri" hamda davlat budjetidan pul oladigan "noto‘g‘ri"larga ajratishidir.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Rossiya va musulmon olami G‘arbning axborot urushiga qarshi birgalikda qarshilik ko‘rsatishi kerak, deb hisoblaydi RF TIV axborot va matbuot departamenti rahbari o‘rinbosari Aleksandr Bikantov.
Kreml COVID-19 bo‘yicha dezinformatsiya tarqatishda Rossiyaga qarshi ayblovlarga javob berdi
"Global axborot urushi omilini eslamasdan iloj yo‘q. U G‘arb tomonidan qadriyatlar yondashuviga ega, neoliberalizmdan farq qiladigan mamlakatlarga qarshi boshlangan va olib borilmoqda. Buning uchun ommaviy salbiy axborot fonlari shakllantiriladi, davlatlardagi, jumladan, Rossiya, Xitoy va Eron, shuningdek, musulmon mamlakatlaridagi barcha muammolar ko‘pirtiriladi, ularning muvaffaqiyatlari haqida esa gapirilmaydi. Bularning hammasidan maqsad - raqiblarni global axborot makonida maksimal darajada obro‘sizlantirish orqali kuchsizlantirishdir ", - dedi Bikantov Qozonda bo‘lib o‘tgan "RF-Islom dunyosi" sammitida chiqishi davomida.
Axborot urushidagi yana bir hiyla-nayrang - G‘arbning dunyo OAVlarini "to‘g‘ri" hamda davlat budjetidan pul oladigan "noto‘g‘ri"larga ajratishidir, deya qo‘shimcha qildi u.
G‘arb Rossiyaga qarshi yangi urushni boshladi: Qanday maqsadlar ko‘zlangan?
"Rossiya TIV shunga aminki, Moskva ham, musulmon dunyosi ham axborot urushlariga yo‘l qo‘ymaslik, axborot ko‘p qutbliligini kuchaytirishdan xolisona manfaatdor. Qutblardan biri bu Sharq mamlakatlari bo‘lib, u yerda hamma tinglanish huquqiga ega. Biz G‘arb grantlari monopoliyasi kuchsizlanishi tarafdorimiz", deya qo‘shimcha qildi RF TIV vakili.
"Bizning umumiy vazifamiz soxta xabarlar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish, tiqishtirilgan stereotiplarni va diniy yoki qadriyatlar asosida mamlakatlarni va butun xalqlarni obro‘sizlantirishga urinishlarni yo‘q qilishdir", deb hisoblaydi u.
"Faqatgina salohiyatlarni birlashtirib, biz musulmon olami bilan axborot urushlariga qarshi tura olamiz... Birgalikda biz sog‘lom kuchlar qutbini kuchaytira olamiz va global media muhitidagi muvozanatni adolat va qonun foydasiga o‘zgartira olamiz. To‘rtta sababchi - Vashington, Parij, Ottava va London tashabbusi bilan tashkil etilgan ommaviy kommunikatsiyalar dunyosidagi bo‘linish esa - axborot sohasidan tashqi siyosiy maqsadlarga erishish uchun foydalanishga qaratilgan", - deya qo‘shimcha qildi Bikantov.